Baxtiyor Abdug’ofurov «O’zbekcha» yohud snayper qizcha haqida qissa

Uncategorized

Jamila Qodirova! O’zbeknining mard, sabrli, kuchli iroda sohibasi sifatida gavdalantirilgan shaxs.Jamila bolaligida ota onasidan erta ayrilgan va bolalar uyida tarbiyalangan qiz. Uni tog’asi, voyaga yetganidan keyin asrab oladi. Jamilaning tog’a qaramog’idagi hayoti ayni urush davriga to’g’ri kelib, qishloqdan hamma urushga yaroqli yigit zoti olib ketilgan. Kalxoz mehnatga layoqatli xotin qizlar qo’lida edi. Yomg’irli kumlardan birida Jamila aravada paxta o’ramlarini ortarkan, tezroq omborga yetib olishni, raisdan gap eshitmaslikni istardi. Baribir bo’lmadi rais aravadagi yomg’irda nam tortgan paxta o’ramlari uchun aybdor qilishga ulgurgandi. Uni kalxoz mulkiga qasddan ziyon yetkazishda aybladi. Tog’asi rais bir narsaga qat’iy korishdimi uni qilmay qo’ymasligini bilib jiyani Jamilani rais ko’zidan uzoqroqqa, ukasi Abduhakimni yoniga yubordi. Abduhakim cho’pon edi. U yerda ham Jamila tinch yasholmadi, rais uni o’sha yerda ham topgandi. Jamila bu yerdan ham ketishga va urushga borishga qaror qildi, rais uni baribir tinch qo’ymasdi. U urushga hamshira sifatida yuborildi, u yerda ularga miltiqdan o’q uzishni mashq qildirishardi. Hamshira kezi kelib qolganda jang maydoniga ham tushishi mumkin edi, shuning uchun unga bularni hsm o’rgatishardi. Jamila tog’asi Abduhakim akani yonida miltiqdan o’q uzishni, mo’ljalni aniq olishni o’rgan edi. Bu yerda ham mashqlarda peshqadam Jamila hamshiralikdan mudofaga o’tdi. U yerda mo’ljalni aniq va bexato olishi inobatga olinib uni snayperlikka tavsiya qilishdi. Urushda u ne ne zahmatlar chekmadi, uni u yerda shafqatsiz polkovnik Gromov kutar, rais singari u ham Jamilani yoqtirmas. Davlatga xoinlikda ayblar, fursat topildi deguncha uni yo’q qilish payida edi. Necha bor urindi, har safar Jamila omon qoldi. Uni bu Gromovdan qutqarish niyatida polkovnik Romanenko uni boshqa bo’limga o’tqazadi. U yerda ham Jamilani xavf kutib turardi, u yerda u bir rus ayolini tahqirlayotgan nemis zobitini buyruqsiz o’tgani uchun, nemislar uni asir olishgandi. U yerda uni «Turkiston legioni» zobiti Islomxo’ja Buzrukxo’ja o’g’li so’roq qilar va nemislarga xizmat qilishiga ko’ndirishga urinardi (Stalinni dushmanga asir tushganlarni davlat xoiniga chiqarib qamoqqa mahkum qilingani Улуғбек Ҳамдам ning «Ota» asarida tasvirlangan edi). Jamila ko’nmadi, Islomxo’ja yalinsa ham aslo rozilik bildirmadi. Islomxo’ja uni an’anaga zid ravishda qo’yib yubordi (Islomxo’jani keyingi taqdiri mani qiziqtirib qo’ydi to’g’risi, buni Baxtiyor Abdug’afur akadan albatta so’rab bilishga harakat qilaman). Bu safar ham qutilib qoldi Jamila, lekin keyingi safarda u qutilolmadi. Uni cheki bu safar ham Gromovga tushgandi. Davlatga xonlik va mayyorni otganlikda ayblab Sibrga 10 yilga surgun qilishdi. U yerda ham bir homilador ayolni yonini olaman deb azobga giriftor bo’ldi. Kunlardan bir kuni lagerga general Novgorodov Yuliy Alekseevich tashrif buyurdi va Jamila Qodirova yoxud Uzbechkani tanib, uni u yerdan ozod qildi. Sababi genarlning oilasi O’zbekistonda Toshkentda ekanligi, urush sababli ular o’sha yerga qochib borishgani, o’zbek xalqi ularni quchoq ochib kutvogani, ularga o’z uyidan joy bergani sabab edi…P.s: asarda o’zbek qizining jasorati, sabri, sadoqati hamda metin irodasi, shu bilan birga o’zbek xalqining mehribonligi, sahiyligi tasvirlangan. O’z navbatida rus – sho’ro hukumatini ham minnatdorchilik hissini tuyishi, qayg‘urish hissi ularga yot tuyg’u emasligi ham gavdalantirilgan.