Urush hikoyalari haqqoniy tasvirlarda!

Uncategorized

  Rossiyada nashr etilayotgan muallif kitoblari «Yangi asr avlodi»da ham tez kunda bosmadan chiqadi. Bulardan ikkitasi – «Urush tugasa, ayting, qaytib kelaman» va «Urushning birinchi kuni» yangi nashrlar, «Samodil» qayta nashr.
  Darvoqe, kimdadir, yozuvchi asarlarini nega tanlashimiz kerak, degan savol tugʼilsa , javobi qisqacha shunday boʼladi:
  Qoʼchqor Norqobil asarlari xalqchilligi, samimiyligi bilan ahamiyatli. Ijodkorning yana bir yutugʼi – uning haqqoniyligi. Urushni koʼrmagan ijodkorning urush tasvirlari qanchalik boʼyoqdor boʼlmasin, urush koʼrgan yozuvchining yozgani oq-qora ranglarda tasvirlansa-da, anchayin salmoqli, jonli chiqadi. Urush koʼrganlarga u haqda yozish oson emas, tasvirlash, xotirlash azob. Va ayni shu azob taʼsiri oʼquvchiga-da oʼtadi. Kitobxonni iztirobga soladi… Yana bir ahamiyatli jihati – mutolaa jarayonida oʼnlab emas, anchayin serob tesha tegmagan iboralarga roʼbaroʼ boʼlamiz. Tilimizning boyligi va taʼsirchanligidan hayratga tushamiz…