“Kitobxonlar davrasi” ning navbatdagi uchrashuvi o‘tkazidi

Uncategorized

Hammaga salom!! Demak, bugun ajoyib tarzda “Kitobxonlar davrasi” ning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib oldik. Quyida esa kelmaganlar uchun uchrashuv haqida batafsil hisobotni ulashaman. Zora hisobotni ko‘rib keyingi uchrashuvlarga qiziqib kelishsa. Demak, boshladik!

  1. Men qanchalik erta boraman deb urinmay 9-30 larga yetib bordim. 10-00 da boshlanishi kerak bo‘lgan uchrashuvda dastlab hali ko‘pchilik kelmagandek tuyuldi. Ammo, 10 yarimda zalga tushganimizda zal to‘lib qoldi, ancha muncha odam kelgan ekan. Hatto keyinchalik ko‘plarga joy ham yetmay qoldi.🙂
  2. Har doimgidek tanishuv bilan uchrashuvni boshladik. Dastlab adminlar va so‘ngra ishtirokchilarga o‘tdik. Bu gal anchadan beri uchrashuv o‘tkazganimizgadik balki yangi “chehra” lar ancha ko‘p ekan. Ko‘plab kitobxonlar bilan tanishdik. Telegram va Instagramdagi bir qancha bukblogerlar ham uchrshuvga tashrif buyurgani qiziq bo‘ldi. O‘zini eng kreativ tanishtirgan ishtirokchilar, jumladan “O‘rta Osiyo durdonasi – Farg‘ona” lik kitobxonimiz va o‘tgan galgi uchrashuvga kelayotib adashib ketib bugun yetib kelgan ishtirokchilar kitoblik bo‘lishdi. Tanishuvni tugatishga ulgirmay boshqaruvchimiz Sadoqat Holmonova kelib hammani hursand qildilar va boshqatan ular bilan tanishdik.😅
  3. So‘ngra Azbobooks tomonidan tarjima qilingan Mark Mensonning “Barchasi rasvo” asari taqdimotini o‘tkazdik. Bu haqida batafsil yozildi, ko‘p to‘xtalmayman. Ammo yangi tarjimalar ko‘pchilikni qiziqtirdi va bugungi tarjima sohasi haqida qizg‘in savol javoblar bo‘ldi. Kitobdan farqli ravishda “Barchasi a’lo” bo‘ldi.😌
  4. Nihoyat gurux boshqaruvchilari tanlovlariga o‘tdik. Ma’rufjon “Kalit so‘zlardan asarni topish” shartini o‘tkazdi. Kamina esa adabiyot haqida “Tezkor savol javoblar” o‘tkazdik va bir qancha faol kitobxonlarni taqdirladik. Ha bu shartda Info Capital BOOKS ning yangi tarjima kitobari sovg‘a qilindi, aytgancha.
    Odilhon o‘tkazgan “Rasmdan muallifni topish” shartida esa ko‘pchiligimiz zamonaviy jahon adiblarni tanimasligimiz ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa asarlari tanish D. Kiz, M. Zusak, K.Kizi, Ayn Rendlarni topishda kitobxonlar yaxshigina qiynaldi. Ammo eplashdi, amallab g‘oliblarni aniqladik.😀
  5. So‘ngra Book.uz vakili Doston “Men kimman” shartini jonli tarzda o‘tkazdi. Ataylab Yangi asr avlodi nashriyoti asarlari asosida o‘tkazilgan shart ko‘pchilikni qiynab qo‘ygan bo‘lsada ancha qiziqarli tarzda o‘tdi. “Ko‘proq asar nomlarini yozish” shartida esa 3 ishtirokchidan biri g‘olib bo‘lsada, sahiyligmiz tutib barchasini taqdirladik. Eng ohirgi shart esa doimgidek “Baxtli raqam” tanlovi bo‘ldi. Oldindan taqdim qilingan raqamlar asosida random tarzida g‘oliblarga kitob ulashdik. Bu gal sahiyligimiz ikki karra oshib 10 dan oshiq kitobxonlarni taqdirladik.😎
  6. Yakunda lirik chekinish ham qilib, 4 qator deb 18 qatorlab she’rlar eshitdik. Onegin xati, Zebo Mirzo va boshqa she’rlardan bahramand bo‘ldik. She’r aytganlarni ham Zilola opaning yangi she’riy kitoblari bilan taqdirladik.
    Shuningdek, gurux sarhisobi va boshqa kitobxonlar sarhisobi, yil davomida o‘qilgan kitoblar haqida eshitdik. Kitob o‘qishdan maqsad, mutolaaga qanday kirib qolganimiz haqida suhbatlar qildik. 💆‍♂️
  7. Shu bilan uchrashuvning rasmiy qismini yakunlab, Book.uz do‘koniga ko‘tarildik va yangi kitoblar bilan tanishdik, rasmlarga tushdik, o‘zaro suhbatlarni davob ettirdik. Umuman uchrashuvdan to‘liq ko‘nglim to‘ldi deya olaman. O‘ylaganimizdek o‘tkaza oldik nazarimizda, keyingi uchrashuvlarni bundanda rang barang o‘tkazamiz degan umiddaman. Uchrashuv va shartlarni tashkillashtirgan barcha gurux adminlariga minnatdorligimni bildirib qolaman. Tashrif buyurganlarga ham katta rahmat!!🎉