Elchin Safarli: Chirog‘i porlagan uy

Uncategorized

«Sharq-Ziyo-Zakovat» nashriyotidan sevgili qalblar uchun yana bir tajima asar!
«…bu so‘zlarda haqiqatni ko‘raman – ular haqiqiy, bir umrlik, shunday sevgi borligi haqida. Uni topish uchun hech qayoqqa borish shart emas, kalitni qulfga tiqib burash: qattiq-qattiq quchish, yangi kunda uchratganlaringga quvonish va sokinlik topa olish yetarli. Bamisoli iyul’ dengizi bo‘yida yumuq ko‘zlar va ochiq yurak bilan o‘tirgandek. Sen o‘zingni uchratganing va taniganingda – u bilan sevimli qo‘shiqlaringni kuylaydigan va qanchalab finjon qahva ichishadigan o‘z odamingni uchratgan va tanigan bo‘lasan».
Biz bilgan hayot naqadar go‘zal va naqadar shirin. Ammo uning hech kim bilmaydigan dardu armonlari, o‘ylanmagan baxtu iqbollari bor. Har bir qalbning o‘zgacha idroki, tafakkur qanoti bo‘lganidek, albatta, mehru muhabbati hamda iymon-e’tiqodi ham mavjuddir. Inson umrini baxt mash’ali mayoq bo‘lib bezar ekan, uning hayoti uyni yoritgan chiroq kabi yorug‘ bo‘laveradi.
Ushbu roman haqiqiy, barkamol sevgining borligi va sevilib yashash – chinakam baxt ekanligini tarannum etadi. Mazkur asar orqali sevgi bilan sirlashib, baxt bilan do‘stlashib qolasiz, degan umiddamiz.
Rus tilidan Olloyor Begaliev tarjimasi