? Bu kitob bir-ikki yillik mehnat mahsuli emas, bu oʼttiz yillik tinimsiz, buning ustiga jamoatchilikdan, xususan shoʼraviy tashkilotlardan pinhona olib borilgan tadqiqotdir.
? Turgʼun Fayziev ushbu kitobni besh qismga boʼladi:
- Аmir Temur haqida;
- Jahongir Mirzo va uning avlodi;
- Mironshoh Mirzo va uning avlodi;
- Umar Shayx Mirzo va uning avlodi;
- Shoxruh Mirzo va uning avlodi haqida.
? «Temur benihoya shafqatsiz boʼlgan, u istibdod bilan caltanatni tebratgan», deyiladi tarix kitoblarida. Toʼgʼri, Аmir Temur siyosatidagi zulm-zoʼrlikni inkor qilib boʼlmaydi. Temur saltanatidek shunday katta imperiyani – Kaspiy dengizidan Parijgacha, Orol boʼylaridan Bagʼdodgacha, dunyoning deyarli yarmini egallagan saltanatni koʼngilchanlik bilan boshqarib boʼlmas edi. Shuning uchun Аmir Temurning bir qoʼlida qilich, ikkinchi qoʼlida adolat muhri turgan boʼlsa ne ajab!
? Ustoz Boʼriboy Аhmedov taʼkidlaganidek, Аmir Temurning shundoq bepoyon saltanatida yettitagina noibi boʼlgan xolos. Sohibqiron bu oʼrinda «Qoʼychoʼpon koʼp boʼlsa, qoʼylar harom oʼladi», degan naqlga amal qilgan boʼlsa ajab emas. Ushbu kitob orqali Sohibqironning umr yoʼli va avlodlari hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
