Аkademik litsey va texnikumlar oʼquvchilari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari hamda talabalari oʼrtasida “Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi logotipini yaratish” boʼyicha oʼtkazilgan respublika tanlovida vazirlikning logo@edu.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilingan loyihalar orasidan Hakamlar hayʼati xulosasiga koʼra Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Turdiev Begzodning dizayner Oʼtkir Tojiboev hammuallifligida yaratgan loyihasi munosib deb topildi.