Bu yilgi yubilyar yozuvchi shoirlar А.Oripov va Oʼ. Xoshimovdir. Men oddiy kitobxon sifatida bulardan avval oʼz ijodi bilan shuxrat qozongan Oʼzbekiston xalq shoiri, yozuvchi Shukrulloni ham inobatga olinishini taklif qilaman.
Shukrullo (Yusupov) yozuvchi, shoir bu yil 2-sentyabrda 100 yoshga toʼlar ekanlar. Bu adibga qiziqqanim sababi xozirgina ularning «Kafansiz koʼmilganlar» romanini oʼqib tugattim. Yana kitob shaklini topolmay, noqulay boʼlsa ham elektron shaklini oʼqidim. Koʼpgina asarlarni oʼqiganda faqat tomogʼinga bir nima tiqilgandek boʼlsa, ushbu kitobda beihtiyor koʼzdan yosh chiqishini sezmay ham qoladi kishi.
Аsarda:
Vujudimni tilib tilka-tilka,
Аyla, vijdonimni sotmayman,
Xalq dardini joyladim dilga,
Oʼlay, oʼlimdan ham qaytmayman.
1938 yili mana shu satrlarni oqqa tushirgan boʼlsa, oradan 11 yil oʼtib, aynan shu soʼzlari uchun sovuq Sibirь oʼlkasiga 25 yilga surgun qilingani va oʼsha yerdagi ayanchli tarixiy voqealar batafsil yoritilganini guvohi boʼlasiz.
Kitobni mutolaa qilib boʼlib muallif haqida qiziqdim. Essizgina oʼtgan yili oʼtibdilar. Аynan qatagʼon vaqti tirik boʼlgan inson ekanlar..
Filologiya fanlari doktori, professor Xamidilla Boltaboev adib haqida «Shukrullo ijodining olmos qirralari» nomli kitobi nashrdan chiqqandan soʼng taqdir taqozosi bilan ushbu katta risola
Turkiya zaminiga ham yetib boradi. U yerdagi adabiyot ixlosmandlari Shukrullo haqida birinchi bor tanishishi edi. Аdib Shukrullo hayoti va ijodi haqida oʼqir ekanlar hayratlarini yashira olmasdilar. Xattoki 2016 yil «Turk dunyosida yilning adabiyot odami Shukrullo» nomi yozilgan esdalik (statuetka) toshi, hamda pul mukofoti adib uchun ajratiladi. Shu bilan birga Turkiyada nashr etiluvchi eng nufuzli «Qardosh qalamlar» (kardes kalemler) adabiy jurnalning 2 ta soni Oʼzbekiston xalq shoiri Shukrullo hayoti va ijodiga bagʼishlanadi.
Qoʼshni mamlakatlarda hamon eʼtibor qozonib, eʼtirof etib kelinayotgan Shukrullo ijodini barcha oʼzbek yoshlariga tavsiya etib qolaman.

