Butun O’zbekistonimizni, vatanimizning har bir fuqorosini, dunyodagi barcha musulmonlarni, osmonlar-u yer va undagi barcha mavjudotlarni, bayramni quvonch bilan qarshi olgan barcha zotlarni chin qalbimdan tabriklayman!
Ushbu kun quvonchli damlaringiz boshlanishi bo’lsin! Bu ojizona bitilgan tabrikni o’qiyotgan qaro ko’zlarga alohida tabrigimni izxor etaman!
Ko’zlari hamisha baxt-u quvonchni ko’rsib yursin. Yashab turgan muqaddas zaminimiz, ko’rkam diyorimiz hamisha eng sokin va tinch maskanlar bo’lib qolsin! Uning bag’rida avlodlarimiz o’ynab-kulib ulg’aysinlar va keyingi avlodga yanada obodroq yurtni qoldirsinlar!
Yurtimning har bir kuni avvalgisidan hayrliroq bo’lsin! Qalblarimiz hamisha iymon nuridan halovat topsin! Keyingi Ramazonga ham sog’-salomat, tinch-osudalik bilan yetish nasib qilsin!
Hurmat bilan ARM jamosi