«Asaxiy Books»dan boshqa nashriyotlar ham zamonaviy bestseller kitoblarni chop etishda faol boʼlib qolishdi.

Uncategorized

«Asaxiy Books»dan boshqa nashriyotlar ham zamonaviy bestseller kitoblarni chop etishda faol boʼlib qolishdi. Bugun koʼzim mana bu ikkita kitobga tushdi. Аyniqsa, men har bir tadbirkor oʼqishi muhim deb bilgan «Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyasi» kitobi ham chop etilibdi. Ushbu kitobdan Asaxiy Uz ni rivojlantirishda koʼp foydalanganmiz. Bir kuni kelib tarjima qilishni orzu qilardik, bizdan «shovvozlar» oldinlab ketishibdi. Kitobga bir qator koʼz yugurtirdim, ravon oʼqiladi, tarjima sifati yaxshi koʼrindi.
Muhimi, raqobatdagi boshqa nashriyot chiqargan boʼlsada, kitobni har bir tadbirkor doʼstimizga tavsiya qilaman.