Moʼjizaga ishonasizmi? Dunyoda bolalarning boʼlishini oʼzi bir moʼjiza emasmi?

Uncategorized

Uyqu payti kelganda, butun tunni oʼyin bilan oʼtkazishga kim tayyor?
— Bolalar!
Butun charchogʼingizni soniyalar ichida yoʼq qilishga kim qodir?
— Bolalar!
Kichkina yuragida butun olam quvonchini koʼtarib yuruvchilar kim?
— Bolalar!
Bu dunyodagi eng qimmatbaho narsa nimaligini bilasizmi?
— U ham bolalar!
✨Bolalar — bu abadiy umiddir.
? Har bir bolaga baxtli bolalik, ota-onaning cheksiz mehri bilan ulgʼayish va albatta, salomatlik yor boʼlsin! Uyingizdan bola shovqini kelishining oʼzi olam-olam baxt! Mana shu baxtingiz, koʼzmunchoqlaringiz hamisha sogʼ-omon boʼlishini tilaymiz!
1 iyunь — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan barchangizni tabriklaymiz!
?? Bolalarning minglab savollariga javob berishda dangasalik qiluvchi, hurmatli kattalar, atrofingizdagi jajji oftoblarni xursand qilishga shoshiling! Faqat bugun emas, har kuni! Aytgancha, sovgʼa qilish uchun eng yaxshi narsa kitob (??) ekanligini ham unutmang.