Ota-onalar bosimining oʼspirinlarga zararli taʼsirining yorqin namunasi «Romeo va Juletta fenomeni» deb nomlangan hodisadir. Maʼlumki, Romeo Montekka va Juletta Kapuletning — Shekspir bayon etgan fojia qahramonlarining muhabbati oʼlimga mahkum qilindi, chunki ularning oilalari oʼrtasida uzoq vaqtdan beri adovat hukm surgan. Ularni ajratishga qaratilgan barcha urinishlarga qarshi turib, oʼspirinlar oʼz joniga qasd qilishdi va shu bilan oʼzlarining taqdirlarini abadiy birlashtirib, oʼzlarining erkin irodasini namoyish etishdi.
? Tuygʼularning keskinligi va bu juftlikning harakatlari dinamikasi har doim tomoshabinlar va kitobxonlarda hayrat va tushunmovchiklarni keltirib chiqargan. Qanday qilib bu yosh juftlikdagi sevgi tuygʼulari bunday tez surʼatda oʼzini fido qilar darajada boʼlishi mumkin?
? Romantiklar juda kam uchraydigan mukammal sevgi haqida gapirishadi. Аmmo sotsiologlar va olimlar ota-onalarning aralashuvi va natijada paydo boʼlgan psixologik reaktivlikning ahamiyatiga ishora qiladilar. Ehtimol, Romeo va Julettaning ishtiyoqi shunchalik kuchli boʼlmagandir, ehtimol bu har gal kattaroq va kuchliroq toʼsiqlar qoʼyilishining oqibatidir. Аgar yoshlarning ixtiyorlarini oʼzlariga qoʼyilganida, ehtimolki, ularning olovli muhabbatlari sovishi mumkin edi.
? Robert Chaldinining «Taʼsir psixologiyasi» kitobidan
