Kimki o‘zini sevmasa, o‘zini ma’qullamasa, o‘sha o‘zi uchun doimo tashvishlanadi. Unda haqiqiy muhabbat va ichki ishonch yo‘q. U o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lishga, boshqalardagi narsalarni xasislik bilan qo‘lga kiritishga majbur. Zero, unda ishonch ham, qoniqish ham yo‘q, u o‘zining boshqalardan yomon emasligini isbotlashi kerak.
Xuddi shu narsa o‘zi uchun qo‘lga kiritish bilan emas, balki o‘zini o‘zi sevish bilan mashg‘ul narsistik shaxsga nisbatan ham adolatlidir. Bunday odam o‘zini haddan tashqari sevadigandek bo‘lib tuyiladi, aslida esa u o‘ziga yoqmaydi, narsissizm xuddi egoizm singari – o‘zingga bo‘lgan muhabbatning yetishmasligini haddan tashqari kompensasiya qilishdir.
Freydning fikricha, narsissizmda muhabbat qolgan barcha odamlardan tortib olinadi va ularning barchasi uning o‘ziga yo‘naltiriladi. Bu xulosaning faqat birinchi yarmi to‘g‘ri: bunday inson nafaqat boshqalarni, hatto o‘zini ham sevmaydi.
