? Xalil Sultonning xotini Shodi Mulk, Shoxruhning xotini Gavharshod begim, Husayn Boyqaroning xotini Xadicha begim singarilarni esga olaylik. Birinchisi, saltanat ishlariga faol ishtirok etganligi tufayli Xalil Sulton taxtdan azl etildi, ikkinchisi makkorlik va dimogʼdorlik bilan nabirasini kufrga ketgan otaga qarshi qoʼydi, uchinchisi makr-hiyla bilan nabirasini qatl ettirib, saltanat tagiga suv quydi.
? Durust, Аmir Temurning oʼzi ham ayollarni saltanat ishlariga aralashtirgan, jumladan, Bibixonim (Saroy Mulk xonim) yirik davlat arbobi darajasiga koʼtarilgan zukko va tadbirkor ayol edi. Аmmo shundoq esa-da saltanat jilovini qoʼliga ola bilmagan, binobarin Аmir Temur bunga yoʼl ham qoʼymagan edi.
? Аmir Temurda shunday bir odat bor edi: Bibixonim biron maslahatga ogʼiz ochsa, Sohibqiron uni sirtdan pisand qilmay eshitardi-yu, mulohaza va mushohada tarozusida tortib koʼrib, soʼng amalga oshirar edi.
? Sohibqironning saʼjiyasidan maʼlumki, u gʼiybat va boʼhtonlarga emas, dalillarga suyangan. Аmmo undan tarqalgan farzandlar va nabiralarda (Boburshoh aynan bobokaloniga oʼxshar edi) koʼngilboʼshlik, ayollar soʼziga eʼtimod, tavajjuh va akstavajjuh kuchliroq edi va shu sabablar kattakon imperiyani inqirozga olib kelgan boʼlishi ehtimol.
© Аsror Samadning «Temuriylar shajarasi» haqidagi mulohazalaridan
