«Dor ostidagi odam» Omina Shenliko’g’li

Uncategorized

Avvalo bu kitobni menga bergan insonga cheksiz rahmatimni aytmoqchiman. Bu kitobni berib meni ham hursandchilikdan ham judolikdan yig’latgani uchun.

Turkiya 1949-yillar…Turkiyada Yevropalashish, Islom biroz susaygan, dindan ko’ra davlat ustun bo’lgan davrlar…Turmaning bitta katalakdey xonasiga bir-biriga begona 6 kishi yig’ilgan, to’g’rirog’i 6 xil dunyo bir nuqtaga jamlangan bir kun haqidagi hikoya. Vadot aytmoqchi:

-«Odamlar qamoqxonaga yuguryaptimi nima balo buncha odam ko’p»

-«Nima qamoqxonada odamlardan tuzlama banka yopmoqchimi bular»

1. Xaromi Vadot – yoshligida onasidan bevafolik ko’rgan, qo’pol, bemuomola, ko’chinskiylardanu lekin o’rni kelsa or-nomusli, mard inson. Birinchi muhabbatidan «tengingni top» degan javobni olgandan keyin uyma uy sig’indi bo’lib yashagan, Allohni tanuvchi ammo iymoni mehrga muhtoj pichoqbozlardan.

2. Muhlis – butun dunyoda uniko’tara oladigan tarozi yo’q bo’lsa kerak. Uni gavdasini oldida King-Kong hijolatdayu onggi esa 12 yoshar bolanikiday. Otasini gunohlarini kasriga qamoqxonaga yanggi kelganlardan. Bolalarcha sodda va beg’ubor. Lekin men asabiy va jahldor Vadot va go’l Muhlisning aytishuvlarisiz bu kitobni tasavvur qilolmayman. Shundan bir parcha: Qamoqxonada:Muhlis: -«Qayoqqa Vadot og’a? Vadot: – (asabiy) «Choyxonaga» Muhlis-«Men ham siz bilan boray choyxonaga»

3. Abdulloh Al-Rog’ib – sharafli oilani sharafsizlik qilib qo’ygan farzandi. Otasining dushmanlari qo’ygan tuzoq qurboni. Asl ayb unda bo’lmasada qilgan ishidan chin ko’ngildan afsusda.

4. Ahmad – til-zabonsizligi sabab yoshligidan otasining qahriga duchor, onadan boshqa odamdan mehr ko’rmagan, tog’asi meros haqqini bermagan, kunlab och qolib yurib kasalmandligida da’volanishga pul topolmagan begunoh.

5. Abuzar – yoshligidan ateist bo’lib o’sgan dorilfunundagi ustoz. Istarasiz bir qiz shogirdidan Islom uchun «ikki yuziga tarsaki» olgandan so’ng Allohning eng sodiq quliga aylanib ana shu tarsaki egasiga Alloh uchun ko’ngil qo’yadi. Va sajdadan oliy baxt topgan odam sifatida atrofidagi barchaga dinning go’zalliklari haqida so’zlaydi. Lekin keyinchalik ‘diniy aqidaparast’ likda ayblanib qamaladi. Ertaga osilishi kerak bo’lsa ham xuddi chamanzorga ketadigandey hotirjam, so’zlari dona-dona, ma’noli faylasufona so’zlo’vchi, e’tiqodida sobit, juda kamtar va sokin inson bo’ladi. Aynan mana shu inson ertaga osiladiyu lekin bir kunda shuncha insonga dindan Quyosh bo’lib qorong’u iymon ko’chalarini yoritadi.

Va turmadoshlari hammasi uni o’lishini xuddi butun dunyoni yoritib turadigan Quyoshni botishiday xavotir va ko’z yosh bilan qabul qilishadi. Lekin Abuzar aytadiki «men ertaga o’lmayman» deydi.