Ota-onalarga foydali maslahatlar:

Uncategorized

• kitob oʼqishda farzandlaringizga, avvalo, oʼzingiz oʼrnak koʼrsating;
• kitob oʼqib huzurlanganingizni albatta farzandlaringiz koʼrsin, ular «kitob oʼqish kishiga rohat baxsh etar ekan» degan fikrga kelishsin;
• kitobdan turli iqtiboslar, misollar keltiring, ularning maʼnolarini farzandingizga tushuntiring, oʼqigan kitobingizning mazmunini soʼzlab bering;
• farzandlaringizga bogʼcha yoshidayoq kitobni ovoz chiqarib oʼqib berishni odat qiling. Esdan chiqarmang, ertaklarning audioyozuvlari hech qachon sizning oʼrningizni bosa olmaydi;
• kitob mutolaa qilish oʼta maroqli mashgʼulot ekanligini, kitobda bolalaringiz oʼz hayotida qoʼllashlari mumkin boʼlgan juda koʼp ajoyib gʼoyalar borligini tushuntiring;
• farzandlaringiz bilan tez-tez kitob doʼkonlariga tashrif buyurib, yangi nashrlar bilan tanishib, ulardan xarid qilib boring;
• uyingizda kichkinagina boʼlsa ham bolalar kutubxonasi boʼlsin;
• agar farzandlaringiz bironta qiziqarli telekoʼrsatuvni koʼrishsa, shu mavzuga oid kitobni olib, undan bolalaringizga biror narsa oʼqib bering,
• farzandlaringizga kitob oʼqishni qadrlashingizni, kitob sizning eng yaqin maslahatgoʼyingiz ekanligini koʼrsata biling.