Xayriddin Sulton: Navoiy-30

Uncategorized

Azim poytaxt Toshkentning qoq markazida joylashgan Navoiy ko‘chasidagi manglayiga “30” raqami zarb etilgan bu muhtasham imorat ushbu kitob qahramonidir.

Ehtimol, siz, hech zamonda bino ham badiiy asar qahramoni bo‘lishi mumkinmi, deb so‘rarsiz.  Lekin Sanʼat nomli oqsoch momo qalʼalar va qo‘rg‘onlar, saroy va qasrlar, masjidu madrasalar, butxonayu kalisolar haqida otashin harorat va mahorat bilan bitilgan qanchadan-qancha go‘zal asarlarga doya bo‘lgani tarixdan yaxshi maʼlum.

Loaqal «Bibi Maryam ibodatxonasi», «Saddi Iskandariy», «If qalʼasining mahbusi», «Arbat bolalari», «Daryo bo‘yidagi uy» kabi asarlarni eslash kifoya. Shu maʼnoda, «Navoiy – 30» o‘z siymosida ham qalʼa, ham qo‘rg‘on, ham saroy, ham dorilfununga xos jamiki belgi-alomatlarni mujassam etgani uchun, hech shubhasiz, badiiy asarning to‘laqonli qahramoni bo‘lishga mutlaqo munosibdir.

Muallif  va  nashriyot kitobda uchrashi mumkin bo‘lgan ayrim o‘xshash holatlar tasodif ekanini qayd etadi.