Jang san’ati/Menejment san’ati

Uncategorized

Qarshingizda qadimgi xitoy strategi Sun Szining oʼlmas merosi, zamonaviy menejment muammolariga bagʼishlangan talqinda namoyon boʼlib turibdi. Mazkur kitob odamlarni boshqarish, qaror qabul qilish va boshqaruv uslublarini takomillashtirish masalalarini qamrab olgani sabab, bugungi kunda oʼquvchilarining aksarini harbiylar emas, balki menejer va tadbirkorlar tashkil etmoqda. Sun Szi taklif qilgan tamoyillar xususiy sektor bilan bir qatorda davlat sektorida ham birdek muvaffaqiyat olib keladi. Ularni nafaqat oʼrta qatlam rahbarlari, balki yuqori rahbariyat vakillari ham tadbiq etishlari mumkin. Bundan tashqari, oʼzgacha bayon uslubi, kitobni nafaqat manfaatli, balki juda jozibali koʼrinishga keltiradi.