Qo‘lingizdagi ushbu kitob boy fikrlash, orzu-istaklar ustidan hukmron bo‘lish, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan. Siz hayotda qanday qilib maqsadga yetish va qat’iyatli bo‘lishning aniq rejasini topasiz. Bu esa har bir ishda sizga qo‘l keladi. Kitob omad sari undovchi tamoyillar, yo‘nalish, qoidalar bilan boyitilgan. Aniq maqsad qo‘yib, unga sari chalg‘imay borish uchun nimalar qilish kerakligi muxtasar aytib o‘tilgan. Garchand kitobning ayrim o‘rinlarida Napoleon Xill tilidan hikoya qilinmasa-da, uning qarashlari, nuqtai nazari, tamoyillari o‘z aksini topgan.
