Daqiqa qadri 2

Uncategorized

Teleboshlovchi Аbdurasul Аbdullaevning navbatdagi «Daqiqa qadri 2» kitobi ham avval nashr etilgan kitoblari kabi 1001 savol va uning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda muallifning «Zakovat» intellektual oʼyini nima uchun ommalashgani, yana qanday qilsa u jozibali oʼyinga aylanishi mumkinligi haqidagi qiziqarli fikrlari keltirilgan. Kitob barcha taʼlim muassasalarida «Zakovat» oʼyinlarini tashkil etishda, yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirishda muhim qoʼllanma boʼlib xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Yurtdoshlarimizning qiziqarli maktublari, ijod namunalaridan, savol va javoblardan iborat ushbu kitob barchangizga manzur boʼladi, degan umiddamiz. Kitob keng ommaga moʼljallangan.