Izzat hurmat hech kutmagil, ko‘rib ko‘rilmagan yerda,
Oqil bo‘lsang so‘z aytmagil, navbat berilmagan yerda.
Aqli butunlar unutmas, quruq yog‘ochga barg bitmas,
Aqlli er maskan tutmas, hulqi sevilmagan yerda.
Nomard qo‘sh ustida charchar, to‘ymas osh ustida surlar,
Urush qilib qilich sirpar, dushman ko‘rinmagan yerda.
Farosat qil ko‘rib aqlla, mard yigitning so‘zin haqla,
Maxtumquli tiling saqla, so‘roq so‘ralmagan yerda.