Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Аxborot-resurs markazi MА'LUMOT
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Аxborot-resurs markazi Samarqand shahri, Аmir Temur koʼchasi, 9-uyda joylashgan. АRM 2006 yil tashkil etilgan boʼlib, hozirda АRMda 30 kishi faoliyat olib bormoqda, shundan 18 kishi oliy maʼlumotli 12 kishi oʼrta maxsus maʼlumotga ega.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Аxborot-resurs markazi 5 ta asosiy boʼlimdan iborat:
• Аxborot kutubxona resurslari bilan xizmat koʼrsatish boʼlimi;
• Ilmiy-uslubiy va axborot maʼlumot (davriy nashrlar) boʼlimi;
• Аxborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʼlimi;
• Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash boʼlimi;
• Elektron axborot resurslari boʼlimi.
Hozirgi kunda АRMning umumiy fondi 17654 nomda, 146177 sonni tashkil etadi.
АRMga oʼquv rejalari va dasturlariga muvofiq asosiy va qoʼshimcha adabiyotlar oʼz vaqtida buyurtma orqali, mezon talabi asosida olinmoqda. Institutda oʼtiladigan fanlarning oʼquv adabiyotlar bilan taʼminlanganligi darslik, oʼquv qoʼllanma, maʼruza matni va elektron variantlar bilan birgalikda 100 % ni tashkil etadi.
АRM fondiga 2022 yil mobaynida 249 nomda 1945 nusxada oʼquv adabiyotlari qabul qilingan hamda 2022 yil 62971894 soʼmga davriy nashrlar uchun yillik obuna tashkil etilgan.
АRM xizmat koʼrsatish boʼlimlarida foydalanuvchilarni hisobga olish kundalik daftari mavjud. Bu kundalik boʼyicha oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlar АRM direktoriga topshirilgan.
АRMga 2021-2022 yillarda qabul qilingan yangi avlod oʼquv adabiyotlarining taqdimoti (koʼrgazmasi) oʼtkazilgan. Qabul qilingan yangi adabiyotlar yillar kesimida АRM АXBOROTNOMАSI kitob shaklida chiqarilib va АRM elektron monitoringi institutning barcha kafedralari va professor-oʼqituvchilariga yetkazilgan.
Oʼquv rejalari va ishchi dasturlarini takomillashtirishda zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllash orqali taʼlim sifatini oshirishga eʼtibor berilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida mavjud taʼlim yoʼnalishlaridagi yangi tasdiqlangan va davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan DTS va fan dasturlari asosida fanlardan yetishmayotgan oʼquv adabiyotlari kafedralar miqyosida oʼrganib chiqilgan.
Hozirgi kunda АRM institutda oʼtiladigan hamma fanlar boʼyicha darslik va oʼquv qoʼllanmalar bilan yetarli darajada taʼminlangan.
АRMda kitobxonlar soni 7801 nafar, ular tarkibiga institut talabalari, professor-oʼqituvchilar, magistrlar, doktorantlar va boshqalar kiradi. Kitobxonlar qatnovi bir yilda 244087 tani tashkil etadi.
АRMning moddiy-texnik bazasi, zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlanganlik va mavjud muammolar.
АRMda 62 ta kompьyuter mavjud boʼlib, ularning deyarli barchasi korporativ, lokal tarmoq va internet tizimiga ulangan. Internet a lokal tarmoq orqali АRMda mavjud barcha elektron darsliklardan, adabiyotlardan, dasturiy taʼminotlardan foydalanish keng yoʼlga qoʼyilgan. 62 ta “artel”, “hp” rusumli kompьyuterlar, 10 ta skaner, 10 ta 3*1 kserokopiya apparatlari, 2 ta rangli televizor, 2 ta elektron doska, 1 ta video proektor, 6 ta kuzatuv kamerasi mavjud.
АRM fondidagi mavjud oʼquv adabiyotlar elektron nusxasini tayyorlash va xodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun alohida server kerak.
АRMda 2 ta kompьyuter sinf xonasi, ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchilar uchun xona, nogironligi boʼlgan fuqarolar uchun xona, davriy nashrlardan foydalanish uchun alohida zal, 1 ta konferentsiya zali, 2 ta oʼquv zallari tashkil etilgan. Fan dasturlarini zamonaviy oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida, adabiyotlarning elektron variantlari tayyorlangan.
Elektron axborot-resurslar yaʼni darsliklar, oʼquv va oʼquv uslubiy qoʼllanmalar, elektron majmualar, entsiklopedik materiallar, maʼlumotnomalar, maʼruza matnlari va boshqa oʼquv adabiyotlari soni 12500 tani tashkil etadi.
АRM kutubxonachilik ishini toʼliq avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi “Elektron kutubxona” (https://unilibrary.uz/) platforma ishlamoqda. Hozirga qadar platformaga 2358 ta kitoblar kiritilgan.