Аxborot resurs markazi kitoblar fondi yanada koʼpaydi!

Uncategorized

  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Аxborot resurs markaziga iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliev Iskandar Suyunovichning Oʼzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti xodimlari bilan hamkorlikda tayyorlagan 43 bosma taboqli “Slovarь sovremennыx terminov v sfere turizma” nomli izohli lugʼati topshirildi.


  Endi kitobxonlarimiz, turizm sohasi xodimlari, mustaqil tadqiqotchilar va professor-oʼqituvchilar, bakalavr va magistrlar turizm sohasining 5000 dan ortiq ruscha soʼzlar, atamalar va iboralarning ingliz tilidagi tarjimasi hamda rus tilidagi izohi bilan tanishishlari mumkin.
  Shu munosabat bilan, institut axborot resurs markazi jamoasi nomidan ustoz Tuxliev Iskandar Suyunovichni tabriklaymiz va kitoblar fondining boyishiga hissa qoʼshib kelayotganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.