“Oʼzbekiston Respublikasining Qizil kitobi” institut Аxborot-resurs markaziga olib kelindi.

Uncategorized

  Oʼzbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jildida oʼsimliklar olamining kamyob, yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan turlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar jamlangan boʼlib, unda har bir turning qisqacha tavsifi, tarqalishi, oʼsish sharoiti, soni, koʼpayishi, arealining oʼzgarish sabablari, madaniylashtirilishi va muhofaza choralari koʼrsatilgan.

  Oʼzbekiston Respublikasining Qizil kitobi II jildida hayvonot olamining kamyob, yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan turlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar jamlangan boʼlib, unda har bir turning maqomi, qisqacha tavsifi, tarqalishi, yashash tarzi, soni va arealining oʼzgarish sabablari, muhofaza hamda koʼpaytirish choralari keltirilgan.