Kitob o’qitishning ajoyib yo’li.

Uncategorized

Bir ota qiziga kitob oʼqishni odat qildirish uchun sovrin berib oʼqitishni oʼyladi. Bir kuni qiziga: «Qizim senga shu kitobni beraman agar oʼqib tugatsang 100$ «dollar» olasan» deb kitobni berdi.⁣
Bu taklif qizga juda yoqdi. Lekin afsuski, qizni kitob oʼqishga hech toqati yoʼq edi.⁣
⁣U oʼzicha:»Eng yaxshisi men bu kitobni tarjimayi holini internetdan topib oʼqiyman. Otam oʼqidingmi desa kitob haqida gapirib beraman» deb oʼyladi. Shunday kilib internetdan kitob haqida qisqacha matn topdi. Ikki varoqlik bu malumotni yaxshilab yodladi.⁣
⁣Аlbatta otasi sezib qolmasin deb bir hafta yurdi.⁣
⁣Bir haftadan soʼng «Otajon men kitobni oʼqidim, endi 100$ ni berasizmi?» deb soʼradi. Otasi qizidan kitobda kelgan mavzulardan gapirishini soʼradi.⁣
Qizcha juda chiroylik qilib otasiga gapirib berdi. Soʼng yana «Otajon endi 100$ ni berasizmi?» dedi.⁣
⁣Аmmo otasi qiziga u hech kutmagan javobni berdi: «Sen kitobni oʼqimabsan, agar kitobni oʼqiganingda ichidagi 100$ ni koʼrar eding…!».

May be an image of 1 kishi, money va matn