Samarqand kitobxonlar uchrashuvi bo’lib o’tdi

Uncategorized

Assalomu alaykum aziz kitobxonlar!Mana bugun uzoq vaqt kutilgan kitobxonlar uchrashuvi Samarqand shahrida ham boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi, Samarqand kitoblar oilasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kitobxonlar uchrashuvi baxslarga boy, qizgʻin va murosasiz kechdi.

“ Yosh kitobxon” ko’rik tanlovidagi qaqshatqich mag’lubiyatdan keyin tushkun kayfiyatim tashkil qilgan kitobxonlar uchrashuvim sababli yanada ko’tarildi. Ilk shartimiz bo’lgan tanishtiriuv sharti ham turf axil bo’ldi. Hatto ba’zi bookblogerlar bian ham tanishib oldik. Ayniqsa 2 sinfda o’qiydigan ishtirokchimiz o’zini shirin ovozi bilan tanishtirganida bitta kitob berib yubordim. Keying shartimiz asar ta’rifidan topishda esa men ta’riflagan 10ta parchani tez topib olishdi-ye, qarsak chalish ham ish bermay qoldi. Ayniqsa Alkimyogarni Marufbek Ochilov boshlamaganimdan topib tashladi, yoshlarga imkon beray ham demadi.

Keyingi shartimiz “ Asar ketidan…” esa sahnaga chiqqan sakkiz kishi o’rtasidagi ajoyib bellashuv sharti bo’ldi va omad sababli finalgacha yetib kelganlarni kitoblar bilan taqdirladik. “ Ketma – ket ijodkor” shartida markazga chiqqan 10 ishtirokchi (Marufbek Ochilov ular orasida ajralib turdi) o’rtasidagi bellashuvda Marufbek yutib chiqdi.

Oxirgi shartimiz “ Baxtli qahramon” da esa varaqlchalar tarqailib, undagi asar qahramoni topganiga ( asosan qatnashmagan va kitob ololmaganlarni) kitoblar berib bordik.

Menga ayniqsa uchinchi shartdan keyin lirik chekinishdagi Akbarxonning ikkita ajoyib she’ri yoqdi va Yosh ijodkorlar kengashining raisi Abbos ukamning she’ri esa ajoyib tugallash bo’ldi.