‘‘Niso’’ surasi, 1-oyat

Uncategorized

Inson yaratilganidan buyon hozirgi kun va Qiyomatgacha davom etuvchi Taqdiri ilohiy bitiklarining amalga oshishi uchun nasl-nasabning davom etishi zarur. Buning uchun esa oila atalmish baxtiyor muhit yuzaga kelishi kerak bo‘ladi. So‘nggi vaqtlarda tobora avj olib borayotgan oilaviy nizolar hamda ajrimlarning sababini birma-bir tahlil qilsak barchasining omili bitta – dinsizlik yoki dinning mag‘zini to‘liq anglab yetmaslikdan iborat ekanligi ko‘zga tashlanadi. Bir necha yil muqaddam mana shunday sabablarning oldini olish va kurashishga ko‘maklashish maqsadida Shayh hazratlari o‘z ilmlarini bo‘lishishga ahd qilganlar. Ana shu ahdning yozma ko‘rinishidagi kitobining qiymati esa vaqt o‘tgani sayin oshib bormoqda. Zero oyat va hadislarning tahlilini barcha uchun tushunarli qilib bayon eta olish har kim uchun ham oson emasdir. Kamina Shayhning mulohazalariga tan bergan dastlabki jumlalardan biri quyidagicha bo‘ldi: ‘‘Alloh taolo xohlasa, birdaniga xilma-xil, son-sanoqsiz erkagu ayollarni yaratishga ham qodir edi. Ammo u bunday qilishni xohlamadi. Yer yuzidagi insonlarning barchasi qarindoshlik aloqalari, oila rishtalari ila o‘zaro bog‘liq bo‘lishlarini istadi. Islomda oilani mustahkamlashga katta e’tibor berilishining siri ham shundadir.’’Oila atalmish muqaddas dargoh o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lib qolmaydi. Inson go‘dakligida oila qurmaydi. Bir necha yil davomida faqat jismonan emas aslida undan ham ko‘proq qalbi, ruhi, ongi ham mazkur jarayonga tayyorlanib boradi. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning so‘zlari orqali jismning ulg‘ayishi aldamchi ko‘rinish bo‘lib, ko‘zga ko‘rinmas jihatlarning e’tibordan chetga qolib ketayotganligini anglaysiz. Bu chetlanishlarning sabablaridan biri esa Ilohiy qudrat sohibining amri qolib, turli bid‘at-hurofotlarga ergashish ekanligi ham bayon qilingan. Kerak bo‘lsa dinning amrini ham ana shu o‘ylab topilgan amallar-u nafsiga moslashtirishga uriniladi. Mavzuga taalluqli bo‘lganiligi sababli Respublika miqyosidagi oilaviy ajrashishlarga o‘zim guvohi bo‘lgan quyidagi sabablarni sanab o‘tsam:Erkaklarda din deganda:- ayolning erga itoat etishi (uning o‘rni yo‘q deya talqin qilishadi)- 4 taga uylanish mumkinligi- ayolini taloq qilish nigina tushunishadi.Ayollarda:- oilada dominant (ustun)likka intilish- hoy-u havasga ortiqcha berilish- shirin so‘z va pardoz ko‘cha uchun bo‘lishi.(Albatta bundan boshqa sabablar bisyor, kamina esa imkon qadar ularni bir ma’noda jamlashga harakat qildi)Har ikkala qarama-qarshi jins vakillarining qarashlarini birlashtirsak sababi bitta – dinsizlik. Yana kitobni o‘qishda davom etaman. Anbiyolar imomi Payg‘ambarimiz alayhissalom, Umar ibn Hattobdek haybatidan shayton qo‘rqib qochgan buyuk insonlar ayolining fe’liga sabr qilganliklarini takror o‘qiyotgan bo‘lsamda Shayh tomonidan yanada ta’sirli bitilganligini anglayman. Oilaviy ajrimda esa so‘zlashadi: ‘‘ a endiiiiiii biz Payg‘ambar emasmizda!’’ Jaboban esa aytamiz: ‘‘Albatta, Payg‘ambarimiz alayhissalomdek inson ayolining injiqliklarini ko‘targanda siz kim ekansiz-ki bunga sabr qilmaydigan?’’ Javobi sukunat…Hadicha onamizning erga itoati, Oysha onamizning zehni o‘tkirliklaridan so‘z qotamiz. Ayollardan ‘‘nido’’ keladi: ‘‘ U paytlar eskicha edi’’. Javobimiz: qiziq, sizning ‘‘Siznjng yangichaligingiz ajrashishingizdami?’’ (Ikkalalariga ham:) Bo‘lar-bo‘lmas vaj bilan turmush o‘rtog‘ini almashtiraverish qachondan zamonaviylik belgisi bo‘lib qoldi?!’’Qur’oni Karim barchamiz uchun bir vaqtning o‘zida Ilohiy qudrat, psixologiya, qonun, ma’naviyat va tibbiyot uchun asos bo‘la oladi. Shayh hazratlari ham ana shunday har tomonlama fikrlarini asoslab berganlar. ‘‘Baxtiyor oila’’ni o‘qib siz ham Inshaalloh baxtiyor insonlar qatorida bo‘lishga shoshiling!‘‘Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar!’’