Fenomen nima?

Uncategorized

Ushbu atama gʼayriodatiy, kamdan-kam uchraydigan hodisa, fakt yoki shaxsga nisbatan qoʼllaniladi¹.
? Darhaqiqat, oʼzbek adabiyoti, umuman tariximiz Abdulla Qodiriydek yuksak xarakterga ega shaxsga kamdan-kam guvoh boʼlgan. U yaratgan obrazlar nafaqat XX asrning birinchi yarmi, balki hozirgi kunda ham juda mashhur obrazlardir. Deyarli har bir mahallada Otabeklar, Anvarlar, Raʼnolar, Kumushlar bor.
? Qodiriy shaxsi, adibning xarakteri, insoniy xislatlari hamda durdona asarlari tahlili bilan Bahodir Karimning «Abdulla Qodiriy fenomeni» kitobi orqali yaqindan tanishishingiz mumkin.
? Olim aytganidek: «Abdulla Qodiriyning romanlariga yuzlab, minglab muxlislar, adabiyotshunoslar murojaat qiladi. Badiiy soʼzning zilol, toza bulogʼidan simiradi, yuraklar huzurga toʼladi… Ayni damda, taniqli adiblardan tortib oddiy insho mashq qiluvchi maktab oʼquvchisi ham, zarurat tugʼilganida, bevosita romanning ichkarisiga kirmasdan, shundoq ostonada turib, adibning hikmatga aylanib ketgan «Moziyga qaytib ish koʼrish xayrlik, deydilar» soʼzlarini oʼzlari uchun shior qilib oladi».

¹«Oʼzbek tilining izohli lugʼati»dan