Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

Uncategorized

— Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishadi.

— Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 ta kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

— Mashhurlikda Agata Kristining oldiga tushadigan detektiv yozuv­chi hali-beri topilmadi. Uning asarlari 50 dan ortiq tillarda hamon chop etilmoqda. Nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan ziyod.

— Dunyoda eng katta lug‘at kitob “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Worterbuch”) bo‘lib, u 33 jild va 34519 betdan iborat.

— Dunyodagi eng og’ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogramm.

— Dunyoda eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Baliq tutish va ov haqidagi ikki dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20000 baytdan iborat.

— Bastiliyada Didro va D’ Alamberning «Fransuz ensiklopediyasi»ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun «qamab qo‘ygan»ligi haqida eshitganmisiz?

— Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezal­gan va g‘iloflangan kitob ochilganda uning barcha sahifalari bo‘sh bo‘lgan. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan: «Boshing­ni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r v­­rachlarni ham kambag‘al qilgan bo’lasan».

— Aksariyat kitoblarning 18-betidayoq unga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi ekan.

— Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblar to‘plashni yoq­tirgan va kolleksiyasi 10000 jild kitob bilan boyitilgan. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kolleksiyasidan joy olganini bilib qolgach o‘zini o‘ldirishiga bir bahya qolgan.

Yaxshiyamki, bizning yurtimizda bunday g‘ayrioddiy kitoblar kolleksiyasi to‘playdigan kitobxo’rlar yo’q. Agar shunday hobbi egalari bo’lganida ularning kutubxonasi Kozellining kutubxonasidan ko’ra boyroq bo’larmidi yoki aksinchami? Siz nima deb o’ylaysiz?!