© Rasululloh (s.a.v)
Do’konda zerikmaslik uchun kichikroq kitob izlab, shu kitobda to’xtadim. Kitobni so’z boshiyoq meni o’ziga jalb qila boshladi. Ushbu kitob diniy mazmunda bo’lib, «
1.Qurʼoni Karim
2.Imom Gʻazzoliy. “Uylanish odobi”
3.Imom Buxoriy. “Adabul mufrad”
4.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
“Baxtiyor oila”
5.“Tarbiyate avlaad” kitobi» asosida jamlangan kichik qo’llanma ekan.
*Kitobda kelin tanlash qoidalari;
«Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy alayhissalom: «Ayol to’rt narsasi uchun nikohlanadi: moli uchun, hasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla, qo’ling tuproqqa qorilgur», dedilar (beshovlari rivoyat qilganlar)»
*Sovchilik.
*Nikoh to’yi kimning zimmasida?
*Baxtli bo’lishning 10 siri;
«…Qasamki, agar sizlar (mening bergan ne’matlarimga ) shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman…) (Ibrohim surasi 7).
*Nikohdagi ziddiyatni yechish uchun 4 qadam;
«-O’z juftini kamchiliklari bilan qabul qilish-bebaho muhabbatning isboti.»
*Er va ayol haq-huquqlari.
*Kuyovga maktub.
*Kelinga maktub.
*Qaynonaga maktub
*Ota-onaga yaxshilik qilish kabi ko’plab bo’limlar o’rin olgan.
Bundan tashqari, bir nechta ibratli hikoyalar. Payg’ambarimiz (s.a.v) va Oisha onamizning muhabbatlari. Erning ayoliga maktubi kabi bo’limlar kiritilgan.