Maxfiy maxkama

Uncategorized

Maxfiy maxkama – «Paxta ishi» va «Oʼzbeklar ishi» boʼyicha Gdlyan, Ivanov va ular guruhiga kirgan qonunbuzar tergovchilarning haqiqiy qilmishlari toʼgʼri va holisona ochib berilgan kitob.
Mazkur qissada adib tomonidan ishonchli maʼlumotlar, tarixiy hujjatlar, aniq misollar keltirilgan boʼlib, asar oʼquvchisining qalbini larzaga soladi. Oʼsha sobiq hukmron tuzum zoʼravonligi, markazdan yuborilgan hamda mahalliy tergov organlari vakillari bilan toʼldirilgan “desantchilar” guruhi, ularning gʼayriqonuniy va gʼayriinsoniy xatti-harakatlari aks etgan asarni oʼqir ekansiz yovuz kuchlarning qonunni, adolatni, oʼzbek xalqining shaʼni va gʼururini oyoqosti qilib amalga oshirgan kirdikorlariga nisbatan nafratingiz oshib boradi.
Gdlyan va Ivanov yetarli malakasiz, protsessual normalarni yaxshi bilmagan, ayniqsa, Oʼzbekiston qonunlarini tan olmagan. Tergov guruhiga kirgan tergovchilar esa oʼz boshliqlarining izmidan chiqmasdan, topshiriqlarni koʼr-koʼrona bajaruvchi, mansabparast, nom chiqarish uchun toʼgʼri kelgan qabohatlardan toymaydigan shaxslar ekanligi koʼrsatib berilgan.