Yozuvchi Salli Runi taniysizmi?

Uncategorized

Salli Runi ismi bizda unchalik taniqli emas albatta. Аmmo, xorijda yosh irland yozuvchisini koʼplar taniydi, milleniallarning sevimli yozuvchilaridan hisoblanadi. Runi oʼzining «Doʼstlarim bilan suhbat»(Разговоры с друзьями) va» Нормальные люди» asarlari bilan tanildi.

Hozir uning dastlabki romani «Doʼstlarim bilan suhbat» ni oʼqiyapman va adib nega birdan mashhurlikka erishganini tushunib borayapman. Аsar 2 shoira dugonaning, fotograf Melissa va uning eri aktyor Nik bilan tanishuvi bilan boshlanadi va yangi doʼstlarning qizgʼin suhbatlaridan iborat. Ular koʼplab bugungi aktual mavzularda suhbat quradi. Siyosat, madaniyat, din, feminizm, poligamiya, migratsiya va boshqalar.

Va bu suhbatlar, dialoglar oʼta hayotiyligi bilan kitobxonni oʼziga jalb qiladi. Garchi oʼtkir mavzular boʼlsada, ularga chuqur kirilmagan. Koʼpchilik uchun tushunarli, ogʼzaki tilda boʼlgan. Shuningdek, odamlarning oʼzini tutishi, mayda detallar ham mohirlik bilan tasvirlanib vaziyat haqida aniq kartina hosil qilinadi. Bu yozuv uslubi stsenariyga ham tortib ketadi. Ha uning bir asari ekranlashtirilgan, men mutolaa qilayotgan asar esa endi ekranlashtirilmoqda. Qisqacha aytganda, aktual mavzularni qamrab olgan, odamlar oʼrtasidagi munosabatlar haqida soʼzlovchi yaxshi asar.