Robin Sharma «O‘z ferrarisini sotgan rohib»

Uncategorized
  • Bu hayotda hech nima bekorga bo‘lmaydi. Biz boshimizdan o‘tkazadigan, shaxsiy hayotimizdagi, ishdagi va ruhimizdagi inqirozlar, tushkunliklar va mag‘lubiyat bizga bejiz berilmaydi, ular shaxsimizning kamoli uchun muhim.
  • Tashqi olamdagi muvaffaqiyatlarimiz ichki olamdagi muvaffaqtiyatlarimiz bilan bir kelmasa, undan foyda yo‘q ekan.
  • O‘zing baxtli bo‘lmasang, o‘zing ruhan nochor bo‘lsang qanday qilib boshqalarga yordam berishing mumkinligi haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmabman.
  • Hech qachon o’zingga eng sodda savollarni berishdan qo‘rqma. Chunki savollar ilm egallashning samarali usulidir.
  • Sen o‘z ustingda ishlash uchun vaqtingni ayash maqsadida juda bandman deb bahona qilishing mumkin.
  • Jasorat – bu har bir inson erishishi mumkin bo’lgan va yakunda katta muvaffaqiyatlar keltiradigan sifatdir.
  • Qo‘rquv – bu shartli ta’sirdir. Bu hayotdagi shunday odatki, agar sen ehtiyot bo‘lmasang qo‘rquv sening kuch-quvvatingni, ijodiy qobiliyatingni va shaxsiy hislatlaringni yutib yuboradi.
  • Butun umrni ilm olishga sarflab, amalda uni o‘zi va boshqalarning manfaati uchun qo‘llamoq darkor.
  • Ilm bu shunchaki qo’lga kiritish mumkin bo’lgan kuch. Kuchni ko‘rsatish uchun uni amalda qo’llash shart.
  • Hamma narsani ham o‘qiyverma. Tafakkuringning shinam bog‘iga kiritayotgan narsalarni tanlashda diqqatli bo‘lishing, eng yaxshisini tanlay bilishing kerak.