Одил Аҳмедлв: Орзунинг шонли йўли

Uncategorized

Ushbu kitob oʻzbek futbolidagi fenomenal hodisa, «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi» unvoni sohibi Odil Ahmedovning futbolga kirib kelishi haqida soʻzlaydi. Futbol yulduzi boʻlguniga qadar mashaqqatlarni, ogʻir kunlarni qanday yengib oʻtgani hikoya qilinadi. 

Oila atalmish muqaddas dargohdagi chin insoniy tuygʻular, mehr-oqibat, aka-ukachilikning inson orzulariga yetishishdagi oʻrni yorqin tasvirlangan.

Kitob o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda sobitqadam bo’lish, ortga chekinmaslik, yaqin insonlarning ko’magi va o’gitiga amal qilishdek muhim hayotiy tamoyillarni ochib bergan.