Қалб уйғониши

Uncategorized

Hammasi bir kun toʻxtaydi.. 

Eshitish, koʻrish, gapirish, yurish… 

Yurak urmaydi. Nafas ham jim qoladi…

Keyin-chi? Hamma gap ana shu to’xtashdan keyingi jarayonda! Biroq uni tiriklar bilmaydi. Miyaning javobi «balki» atrofida o’ralashadi.

To’xtashdan oldin ulguring! Sevishga, yashashga, savobga!..

Ushbu kitob muallif Jasur Hamroyeving kundalik hayot tajribalari, qalb kechinmalari, boshqa davlatlarga qilgan sayohatlari natijasida yuzaga kelgan xulosalari, J.Rumiy, M.Gandi, S.Jobs, A.Nin, B.Marley kabi jahon tan olgan adib va mutafakkirlarning hikmatli soʻzlaridan tarjimalar jamlangan ijtimoiy-badiiy asardir. Bu kitob yosh chegarasidan qat’iy nazar barcha ijtimoiy qatlam uchun mo’ljallangan.