Mixail Bulgakov: Ityurak

Uncategorized

Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o’qirkanmiz, sho’ro jamiyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh etilganiga guvoh bo’lamiz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko’chirib o’tqazadi va jonivor Sharikov deb nom qo’yilgan odamsifat maxluqqa – ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi. O’sha davrda bu obrazni aslida bolsheviklar » dohiy»- sining timsoli, deb baholashgan. Hozirgi zamonda esa »ilm-fan yutuqlari»ning-sun’iy urchitish yo’li bilan turli jonivorlar va hattoki inson klonini yaratishga urunishlarning oqibatida yuzaga keladigan halokat – har xil zombi-yu manqurtlar, mutantlar paydo bo’lishi mumkinligi anglashiladi.
Asarni dastlabki mutolaada tushunmaslik va Bulgakov maqsadiga yetb bormaslik tabiiy. Kitobni qayta qo’limizga olarkanmiz, undagi ba’zi obrazlarni atrofimzda ko’ramiz. Kim edig-u, kim bo’ldik yoki kim bo’lamiz- hec bo’lmaganda o’zimizga taftish qilish payti keldi..