“21-may – Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Axborot-resurs markazida davra suhbati, kitobxonlik ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Uncategorized

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 16-maydagi 172-sonli buyrug‘ida 18-21-may kunlari oliy ta’lim muassasalarida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida turkum tadbirlar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu asosda “21-may – Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Axborot-resurs markazida davra suhbati, kitobxonlik ko‘rgazmasi tashkil etildi.