Yosh rahbar

Uncategorized

Xar bir yosh kelajakda zamonaviy rahbar boʼlishni orzu qiladi. Bunga esa yoshlikda toʼplangan bilim, koʼnikma va tajriba evaziga erishiladi. O’zining bilimi, iqtidori va zukkoligi bilan insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qoʼshgan hamda tarix zarvaraqlariga kirgan buyuk raxbarlar haqida kitoblarda koʼp oʼqiganmiz. «Ideal rahbar» tushunchasi asrlar osha saykallanib, mohiyatan takomillashib bormoqda. Bugungi globallashuv jarayoni, yangilanish va oʼzgarishlarga boy davrda «universal» rahbarlarga talab oshmoqda. Universallikda ijtimoiy hayotning barcha sohalari boʼyicha maʼlumot va axborotga ega boʼlish muhim jihatdir. Ushbu ensiklopedik toʼplamga yosh rahbarlar faoliyati davomida duch kelishi mumkin boʼlgan barcha sohalarga oid eng faol tushunchalar jamlangan. Toʼplamni tayyorlashda ishonchli manbalar – «Uzbekiston Milliy ensiklotsediyasi», «Uzbek tilining izohli lugʼati», «Islom ensiklopediyasi»dan foydalanilgan. Bu toʼplam hamroh ekan, demak, Siz — ideal rahbarsiz!