Ushbu kitobda bayon etilgan 100 ta eng ajoyib g’oya siz orzu qilgan biznesni qurishingizga yordam beradi. Unda ko’plab savollarga javob topish orqali biznes sir-asrorlarini tushunishga intilasiz. Masalan, avvalo, orzungizdagi biznes aynan nima? Siz boylik qidiryapsizmi yoki erkinlikmi, balki shon-shuhratdir? Yoki orzungizdagi biznes yuksak hayot sifati bilan bog’liqmi? Nima bo’lganda ham, biznesni rejalashtirish vaqti keldi. Siz buyuk kun kelganda oʻzingizga kerakli ko’nikma va tajribalar haqida o’ylashni boshlashingiz zarur. Bu borada 100 ta eng zo’r g’oyalardan iborat mazkur xazina sizga qoʻl keladi. Kitob keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan
