Dunyoning taniqli kishilaridan biri, biznesmen, sayohatchi, muallif, ota va turmush oʼrtoq sifatida hayot sirlari. Men siz bilan muvaffaqiyat yoʼlida oʼzimni yuqori choʼqqilarga chiqishimga yordam bergan koʼpgina haqiqatlar bilan boʼlishmoqchiman. Ular oʼz ichiga quyidagilarni oladi: Oʼzingizga ishoning, hamma narsani amalga oshirish mumkin. Soniyalardan lazzatlaning. Har qanday vaziyatda ham taslim boʼlmang. Shu va shu kabi oddiygina haqiqatlarni oʼrganing. Umid qilamanki, maqsadlaringizga erishish hamda hayotingizni goʼzal lahzalarga toʼldirish uchun ulardan ilhom olasiz. Odamlar doimo sizni ortga qaytarishga va «Buni amalga oshirib boʼlmaydi» deb ishontirishga harakat qiladilar, ammo, agar siz oʼzingizga ishonsangiz, hamma narsaga erisha olasiz.
