Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida eʼtibor qaratadi. Insonlarning oʼzaro muomala madaniyati, oʼzni tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obroʼ-eʼtibor topish mumkinligini taʼkidlaydi. Shuningdek, oʼz-oʼziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʼzlashning turli yoʼllarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi maʼruza oʼqish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi anʼanasiga koʼra, misollar tariqasida keltiriladi.
