O’z ustingda ishla

Uncategorized

Qadim Sharqning inson tabiati haqidagi bilimlariga asoslangan «Oʼz ustingda ishla!» kitobi sizga ham jismonan, ham ruhan sogʼayishning noyob uslubini taklif etadi. Bu kitob navqironlik va salomatlik yoʼliga yetaklovchi yoʼl koʼrsatkichdir. Uning har bir sahifasida koʼrsatmalar berilgan boʼlib, ular yordamida siz tashqi taʼsir va aralashuvlarsiz sogʼligʼingizni tiklab, tanangizni yoshartirib, xotirangizni mustahkamlashga, ayni paytda dunyoqarashingizni kengaytirish, matn orasida berkingan maʼnolarni anglash orqali esa tabiatan berilgan yashirin qobiliyatlaringizni uygʼotishga erishasiz. Shu topda eslab koʼring, sizni nima bezovta qiladi, xavotirga soladi?.. Bular sogʼliqqa doir muammolarmi yoki yana boshqa biron narsagami – ahamiyatsiz. Ishonchingiz komil boʼlsinki, siz bu yoʼlda yolgʼiz emassiz. Mirzakarim Norbekov uslubining bir necha oʼn yillik faoliyati davomida undan foydalanganlar soni ikki yarim milliondan oshib ketdi. Shunday ekan, oʼz ustida ishlash natijasida muammolariga optimal yechim topishga erishgan insonlardan siz birinchisi ham, oxirgisi ham emassiz. Va bu shunchaki gap emas, bu – amaliy tajriba. Uslub juda uygʼunlashgan, sodda, oʼzlashtirish uchun yengil va ayni paytda juda samarali ham. Аynan shu sababdan jahon miqyosida unga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Qalban navqiron, orzusi ro’yobga chiqishiga ishongan, ming yillar davomida toʼplangan donishmandlikdan bahramand boʼlish istagidagi insonlarning hammasi uchun bu yo’l ochiq. Kitob muxlislari butun dunyoda 40 milliondan oshdi…