Ritorika. Notiqlik san’ati

Uncategorized

Soʼz – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Аristotel. Insondagi hech bir narsa soʼzchalik kuchli taʼsir kuchi ega emas. Soʼz boʼlganda ham har qanday soʼz emas, balki badiiy adabiy til meʼyorlariga amal qilgan soʼzlar uni mahorat bilan goʼzal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega boʼladi. Insonlarning fikrlarini oʼzgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yoʼl topish uchun notiq boʼlish kifoya. Ushbu kitob orqali notiqlik sanʼatining sir-u asrorlaridan boxabar boʼlasiz. Unda omma qarshisida nutq soʼzlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi, kiyinish madaniyatidan tortib oʼzini qanday tutishgacha boʼlgan bilimlar aks etgan. Kitob oʼz nutqini rivojlantirish istagida boʼlganlar, jurnalistika sohasi vakillari, qolaversa, jamiyatning barcha qatlami uchun umumiy va foydadan xoli emas. Qaysi soha vakili boʼlishingizdan qatʼi nazar hozir qoʼlingizda ushbu kitob bor boʼlsa, demak, siz muvaffaqiyat sari ilk qadam tashladingiz. Jamiyatda oʼrningizni mustahkamlash, yuksak marralarni egallash istagingiz boʼlsa, “Ritorika” kitobi doimiy hamrohingiz boʼlsin. Omad!