Oʼzbekiston Milliy teleradiokanali orqali efirga beriladigan “Zakovat” intellektual koʼrsatuvi savollari asosida nashrga tayyorlangan «Daqiqa qadri 3” kitobi xam «Zakovat” turkumi ostida chop etilgan avvalgi kitoblar kabi 1001 savol va ularning 1001 javobidan iborat Shuningdek, kitobda nafaqat koʼrsatuv muxlislari tomonidan yoʼllangan savol-javoblar, balki boshlovchi Аbdurasul Аbdullaevning shaxsan oʼzi tuzgan ajoyib jumboqlar va ularning yechimlari ham jamlangan. Ushbu kitob mamlakatimizdagi turli soha va qatlam vakillarining intellektual salohiyatini oshirishda, ayniqsa, yoshlarning yetuk aql-idrok egasi boʼlib yetishishlarida muhim qoʼllanma boʼlib xizmat qilishi shubhasiz. Vatanimizning turli sarhadlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning maktublari va boshqa manbalar asosida toʼplam holiga keltirilgan ushbu qoʼllanma barchaga manzur boʼladi, degan umiddamiz. Kitob keng ommaga moʼljallangan.
