
Axborot resurs markazi direktori:
Nematov Ismatulla Islamovich
Qabul: | Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00 |
Telefon: | +998 94 4710387 |
e-mail: | arm@sies.uz |
Manzil: | Samarqand sh. Amir Temur ko’chasi 9-uy |
AXBOROT RESURS MARKAZI
Axborot-resurs markazi faoliyatining asosiy vazifalari fondni shakllantirish, hisobga olish, joylashtirish, saqlash, elektron variantlar va undan foydalanishni tashkil etishdan iborat.
Hozirgi kunda Axborot – resurs markazi 148950 ta kitob fondiga ega bo‘lib, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, disertatsiyalar, ma’naviy va ma’rifiy hamda badiiy adabiyotlardan iborat.
Axborot resurs markazida 7540 ta elektron shakldagi qo‘llanmalar mavjud. Axborot-resurs markazida foydalanishlari uchun Internet, Ziyo-NET tizimiga ulangan.
Axborot-resurs markazida ARMAT dasturi asosida kitob jamg‘armasining elektron katalogi tuzilgan, unga 14740 dan ortiq kitoblar kiritilgan. Undan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.